Delegatsiya tashrif doirasida AQSHning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha komissiyasining (Xelsinki komissiyasi) katta siyosiy maslahatchisi Jenis Xelvig bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish sohasidagi katta yutuqlariga eʼtibor qaratildi.
Xelsinki komissiyasi vakili “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi tomonidan oʻzbek paxtasiga qoʻyilgan boykot bekor qilingani muhim voqea ekanligini aytib oʻtdi. Shuningdek, u mamlakatda YEXHT tavsiyalari va bosh prinsiplarini tatbiq etish davom ettirilishiga umid bildirdi.