Integratsiya bu Axborot tizimlarini oʻzaro maʼlum bir maqsad uchun bogʻlash jarayondir.
Integratsiya 2 xil boʻladi ichki integratsiya va tashqi integratsiya.
Kadastr axborot tizimi 10 dan oshiq manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
Birinchi integratsiya - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Integratsiyadan maqsad, koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha yer va mol-mulk soliqlarni hisoblab chiqarish uchun, soliq bazasi sifatida koʻchmas mulk obyekti hisoblanadi. Koʻchmas mulk obyekti haqida maʼlumotlarni soliq axborot tizimiga taqdim etishdan iborat.
Ikkinchi integratsiya - notarial idoralar
(Oʻzb.Res.VMning 27.02.2017-y.dagi 106-sonli qarori “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”)
Integratsiyadan maqsad, Barchamizga maʼlum koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha biron bir notarial bitimlarni amalga oshirishda koʻchmas mulk obyektlarining maʼlumotnomalar, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan koʻchirmasi, taʼqiq va cheklov hamda mulkdorlari va xujjatlari haqidagi axborotlarni elektron shaklda taqdim etishdan iborat.
Uchinchi integratsiya- Majburiy ijro byurosi
Integratsiyadan maqsad, elektron tarzda jismoniy va yuridik shaxslarning nomidagi koʻchmas mulk obyektlarning aniqlash, zarur hollarda koʻchmas mulk obyektlariga taʼqiq qoʻyish va taqiqlarni yechishni amalga oshirishdan iborat.
Toʻrtinchi integratsiya – Ichki ishlar vazirligi:
(Oʻzb.Res.Prezidentining 11.07.2017-y.dagi PQ-3126-sonli qarori “Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”)
Integratsiyadan maqsad, fuqarolarni elektron koʻrinishda vaqtincha va doimiy roʻyxatga olishda va roʻyxatdan chiqarishdan iborat (halq tilida propiskaga qoʻyish deyiladi).
Beshinchi integratsiya – Davlat xizmatlar agentligi:
(Oʻzb.Res.Prezidentining 12.12.2017-y.dagi PF-5278-sonli qarori “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”)
Integratsiyadan maqsad, qisqa qilib aytadigan boʻlsak, kadastr davlat xizmatlari koʻrsatishda aholiga qulaylik yaratish va xizmat sifatini oshirishdan iborat.
Oltinchi integratsiya – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP)
Integratsiyadan maqsad, portalga yangi foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtish jarayonida, yaʼni avtorizatsiya jarayonida fuqaroning shaxsiy maʼlumotlari asosida tizim koʻchmas mulk axborot tizimidan avtomatik ravishda, ushbu foydalanuvchining nomidagi koʻchmas mulk obyektlarini foydalanuvchining shaxsiy kabinetida koʻrish imkoniyatini yaratadi.
Toʻqqizinchi integratsiya - COVID shtabi:
Integratsiyadan maqsad: Xammamizga maʼlumki, bu yil butun dunyoga xavf solgan koronavirus pandemiyasi boʻlib turipti. Pandemiya tarqalishini oldini olish maqsadida COVID ga qarshi kurashish shtabi tashkil etilgan boʻlib, ushbu shtabga korxonaning maʼlumotlar bazasidan soʻrov orqali obyektlarning geofazoviy maʼlumotlari va manzillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Oʻninchi integratsiya - Davreyestr axborot tizimi:
Integratsiyadan maqsad, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va kadastr pasportlarini shakllantirish hisoblanadi.
Ushbu tizim orqali xozirda 313 ming. ta axborotlar almashinuvi amalga oshirilganligi maʼlumot sifatida aytib oʻtmoqchiman.
Koʻchmas mulk axborot tizimini yuqorida sanab oʻtilgan 10 ta axborot tizimlari bilan integratsiya qilish sababli, joriy yilning 8 oy davomida jami boʻlib, 5 678 ming axborot almashinuvi amalga oshirilgan.