Yangi muzlatgichning asosiy qismi yaxshi sovutmay qo'ydi.  Unga qo'yilgan oziq-ovqatlarning ta'mi tezda buzila boshladi. Bu haqida savdo do'koniga bir necha marotaba murojaat qildi. Lekin biron natija bo'lmadi.

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi tomonidan yo'naltirilgan iste'molchining mazkur murojaati Agentlikning Namangan viloyati hududiy tuzilmasi “Uychi kredit market” MCHJ birgalikda o'rganilganda, muzlatgichning ishlab chiqarishdagi nuqsoni bo'lgani va uni ta'mirlab bo'lmasligi kompaniya servis xizmati tomonidan tasdiqlangan. Agentlik sa'y-harakati bilan muzlatgichga to'langan 3 660 000 so'm mablag' iste'molchiga qaytarib berildi.

Ma'lumot uchun, kafolat muddati — bu tovarlar sotish shartnomasi bo'yicha sifat talablariga javob berishi va ish hamda xizmatlar iste'mol xususiyatlarini saqlab qolishi kerak bo'lgan davr hisoblanadi. Qoida tariqasida uzoq muddat foydalanish yoki saqlash uchun mo'ljallangan mahsulotlarga, ayniqsa, texnika tovarlariga kafolat muddati o'rnatiladi. 

Hurmatli iste'molchilar, maishiy texnika tovarlarini xarid qilayotganda ularning kafolat muddati ta'minlanganligiga e'tibor qarating. Agar kafolat muddati mobaynida tovarda nuqsonlar aniqlansa uni qaytarish yoki xizmat ko'rsatish markazi tomonidan bepul ta'mirlatib olishingiz mumkin, deya ogohlantiradi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o'z xabarida.