Bu gʻalati jonzotning koʻzlari yorugʻlikka juda sezgir boʻlib — kam uchraydigan namunadir. Monterey-Bey akvarium tadqiqot instituti (MBARI) olimlari bunday baliqni atigi 9-marta koʻrishgan. Soʻnggi bor Ventana droni yordamida Tinch okeani sohilidagi eng chuqur joylardan biri boʻlgan Monterey darasida 650 m balandlikda baliqni koʻrishga muvaffaq boʻlindi.
Yoritgichlar nurida baliq koʻzlari yorqin yashil rangni aks ettiradi, ular shaffof peshona orqali bevosita koʻrinadi. Nurga juda sezgir boʻlgan baliqlar yoritgich nurini vertikal oʻq boʻylab aylantiradi. Ogʻiz ustidagi ikkita boʻshliq hid hissi uchun masʼul hisoblanadi. Taxminlarga koʻra, baliqlar tepasida zooplankton yoki meduza kabi yirtqichlar suzayotgan boʻlsa, koʻpincha harakatsiz kutib turadi. Katta tekis suzgichlar suzish holatini ushlab turishiga imkon beradi. Baliqlar koʻzlarini yuqoriga qaratadi va oʻljasini aniqlashga harakat qiladi. Koʻzlaridagi yashil pigment suv yuzasida yorugʻlikning porlashini filtrlashga yordam beradi.
Baliqning yashash joyi Bering dengizidan Yaponiya va Janubiy Kaliforniyagacha choʻzilgan. Baliq okeanning qorongʻi hududida 200 dan 1000 m gacha chuqurlikda yashaydi, u yerda suv har qanday holatda ham quyosh nuri tushishiga toʻsqinlik qiladi. Olimlar bunday baliqlarning soni haqida hali aniq maʼlumotga ega emaslar.
Shaffof baliqlar birinchi marta 1939-yilda aniqlangan — keyin baliqchilar uni toʻr bilan tutib, boshidagi shaffof qalqonni yoʻq qilishgan. Shunday qilib, olimlar 2000-yillarga qadar bu jonzot haqida bilishmagan, Monterey-Bey akvarium tadqiqot instituti olimlari ularni tabiiy yashash joylarida birinchi marta qayd etdi.