Endilikda 2024-2025-yillarda odamlar oʻzini oʻzi band qilishi, kichik va oʻrta tadbirkorlik bilan shugʻullanishi uchun mikrokreditlar ajratishga 10 trillion soʻm beriladi.

Shuningdek, kambagʻal oilalarga 30 million soʻmgacha uskuna, koʻchma doʻkon (fud-trak), motoroller, skuter kabi vositalar 5-yilda boʻlib toʻlash sharti bilan beriladi.

Kambagʻal oila farzandlariga kompyuter sotib olish uchun 5-yilga 2-yillik imtiyozli davr bilan foizsiz kredit ajratiladi.

“Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohasida kamida 5 tadan “drayver” loyihani infratuzilma bilan taʼminlash uchun yil yakunigacha 500 milliard soʻm, kelasi yili yana 1 trillion soʻm ajratiladi.

Hokimlarga bu loyihalarni tezlashtirib, yil oxirigacha 150 ming aholini ishli qilish topshirildi.