Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida kelgusi yili byudjetdan 500 milliard soʻm yoʻnaltiriladi

    Mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish borasida katta dasturlar amalga oshirilmoqda.

    Toʻrt yil avval 23 foiz aholimizning daromadi kambagʻallik chegarasiga ham yetmas edi. Oʻtgan davrda 3,5 million fuqaro uchun daromad olish imkoniyati yaratilib, kambagʻallikni 11 foizga tushirishga erishildi. Kelgusi uch yilda uni 7 foizga tushirish reja qilingan.

    Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida kelgusi yili byudjetdan 500 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.
    Shuningdek, yangi yildan 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar, 50 ga yaqin imtiyozlarni oʻzida mujassam etadigan yagona “Ijtimoiy karta” tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

    Daromadi va sogʻligʻini yoʻqotib, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash koʻlami bosqichma-bosqich kengaytiriladi. Buning uchun “Ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinadi.