Kambodjada poyezd va avtobus to'qnashib ketdi, oqibatida 45 kishi shifoxonaga yotqizildi

    Kambodja g'arbidagi Pousat viloyatida poyezd va avtobusning to'qnashib ketishi oqibatida kamida 45 kishi shifoxonaga yetkazildi. Bu haqda Xinhua agentligi xabar berdi.

    Unga ko'ra, jabrlanganlarning kamida besh nafar og'ir ahvolda.

    Voqea joyiga yetib kelgan politsiya voqea sabablariga oydinlik kiritish uchun avtobus haydovchisini so'roq qilishni boshladi, deb xabar beradi tass.ru.