Kamerunga tegishli yuk kemasi to'fon tufayli Turkiya qirg'oqlari yaqinida ikkiga bo'linib ketdi

    Kamerunga tegishli yuk kemasining bo'linib ketishiga Turkiya qirg'oqlari yaqinida yuz bergan kuchli to'fon sabab bo'lgan.

    “Barcha 13 ekipaj a'zosi kemadan muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindi. Evakuatsiyadan so'ng, kema og'ir ob-havo sharoiti tufayli ikkiga bo'linib ketdi”, deb xabar qildi mamlakat transport vazirligining dengiz departamenti.

    Avvalroq Turkiyada shamol tezligi soatiga 110 kilometrga yetgani va yog'ingarchilik tufayli ob-havo xavfining “to'q sariq” darajasi e'lon qilingan edi, deb xabar beradi mir24.tv.