Ayni vaqtda jamoa tarkibida bir nafar legioner futbolchi – kamerunlik Mbeke Siyebatcheu koʻrikdan oʻtyapti. 25 yoshli bu markaziy hujumchi oʻtgan mavsumda Tojikiston chempionatida toʻp surgan.
Shuningdek, ortda qolgan mavsumni Gʻuzorning “Shoʻrtan” jamoasida ijara asosida oʻtkazgan Xudoyorxon Saʼdullayev hamda Sardor Sadullayevlar hozirda “Ajdarlar” ixtiyoriga kelib qoʻshilgan.