Madaniyat vaziri oʻrinbosari K.Akilova boshchiligidagi delegatsiya tarixiy meros obidalarini saqlash va qayta tiklash boʻyicha Turkiyaning ilgʻor tajribasini oʻrganish hamda madaniyat sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini muhokama qilish maqsadida Turkiya Respublikasiga tashrif buyurdi.
“Gursoy Group” kompaniyasining rasmiy taklifi bilan amalga oshirilgan tashrif davomida madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish tajribasi hamda ikki tomonlama amaliy va ilmiy ishlar muhokama etiladi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi birinchi navbatda Istanbul shahridagi Topqopi saroyida amalga oshirilgan restavratsiya ishlari bilan tanishdi.
Mezbon davlat mutaxassislarining maʼlumotlariga koʻra, restavratsiya ishlari binoning holatiga qarab, toʻrt yil davomida amalga oshiriladi. Bu esa inshootning 20 yil davomida oʻz holicha saqlanib turishiga xizmat qiladi.