U AKT vazirligida yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish hamda Oʻzbekistonni Mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan targʻibot ishlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat olib boradi.

Kamola Shavkatovna Sobirova (Rahmonova) 1983-yil 13-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.

Faoliyatini 2001-yili Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” kanalida tarjimonlikdan boshlab, turli xalqaro va mahalliy tashkilotlarda masʼul vazifalarda davom ettirgan.

U rus, ingliz va ispan tillarini biladi. Mehnat faoliyati davomida bir qator xotin-qizlar masalalariga oid ijtimoiy loyihalarga rahbarlik qilgan.

Qolaversa, Kamola Sobirova mamlakatimizning ziyoli sulola vakilasi. U oʻzbek sheʼriyatining taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk shoirimiz Shavkat Rahmonning farzandidir. Oilali. 4 nafar farzandi bor.

Maʼlumot uchun, vazirlikning Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi – Matbuot kotibi Sherzod Axmatov oʻz lavozimida faoliyatini davom ettiradi.