Kamoliddin O‘rinbaev 1985 yilda tug'ilgan. U O‘zbekiston Yoshlar simfonik orkestri asoschisi, badiiy rahbari va bosh dirijyori. Milliy simfonik orkestr (Davlat filarmoniyasi) bosh dirijyori sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan, shuningdek, konservatoriyada dars bergan.
O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi va P.I.Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasini “xalq cholg‘ulari ijrochiligi” va “opera-simfonik dirijyorlik” mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.