“Alpomish va Barchinoy” Xalqaro turniri Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida tashkil etildi.

Xalqaro turnirda qoʻshni davlatlar – Qirgʻiziston va Tojikistondan mahoratli sportchilar hamda respublikamizning Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahridan jami 100 nafardan ortiq sportchi qatnashdi.

Musobaqaning taqdirlash marosimida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, Xalqaro kamondan otish federatsiyasi prezidenti janob Ugur Erdener ham soʻzga chiqdilar.

Xalqaro turnir gʻoliblari

70+70 mashqi

Erkaklar:

1. Gafurov Zokirjon (Oʻzbekiston milliy terma jamoasi)

2. Abdulhamidov Shohjahon (Oʻzbekiston m.t.j.)

3. Rustamov Sardor(Toshkent sh.)

 

Ayollar:

1. Yunusova Kamola (Oʻzbekiston m.t.j.)

2. Abdusattorova Ziyodaxon (Oʻzbekiston m.t.j.)

3. Mahmudova Maftuna (Oʻzbekiston m.t.j.)

 

Olimpik raundi:

Erkaklar:

1. Sarmambetov Yunus (Oʻzbekiston m.t.j.)

2. Rustamov Sardor (Toshkent sh.)

3. Gafurov Zokirjon (Oʻzbekiston m.t.j.)

 

Ayollar:

1. Abdusattorova Ziyodaxon (Oʻzbekiston m.t.j.)

2. Yunusova Kamola (Oʻzbekiston m.t.j.)

3. Sharbekova Asel (Qirgʻiziston m.t.j.)

 

MIX:

Erkaklar oʻrtasida:

1. Yu.Sarmambetov/Z.Abdusattorova (Oʻzbekiston m.t.j.)

2. Z.Gafurov/A.Soldatenko (Oʻzbekiston m.t.j.)

3. O.Ungalov/M.Nurmanova (Samarqand vil.)

 

Jamoaviy bahslar:

Erkaklar:

1. Oʻzbekiston m.t.j.

2. Tojikiston m.t.j.

3. Qirgʻiziston m.t.j.

 

Ayollar:

1. Oʻzbekiston m.t.j.

2. Tojikiston m.t.j.

3. Qirgʻiziston m.t.j.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati