Vazir ishonch yorliqlarini qabul qilib, Elchini masʼul lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning kasbiy tajribasi Oʻzbekiston -Kanada hamkorligini yana-da rivojlantirish va mustahkamlashga hissa qoʻshishiga umid bildirdi.

Suhbat davomida koʻp qirrali ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi, qoʻshma kun tartibini kengaytirish yoʻllari koʻrib chiqildi.

Muntazam siyosiy va iqtisodiy muloqotni, xususan, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar, parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish va savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish orqali faollashtirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro siyosatning boshqa masalalari boʻyicha ham fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.