Milliy meteorologiya byurosi maʼlumotlariga koʻra, yaqin kunlarda mintaqaning shimoliy qismida kuchli qor yogʻishi (150 sm gacha) kutilmoqda, bu hududda fevral oyidagi meʼyordan ikki baravar koʻp.

Qor yogʻishidan tashqari shamol ham kuchaymoqda: uning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 28 metrga yetadi.

Ayni paytda Yangi Shotlandiyadagi o'rta ta'lim muassasalarining ish faoliyati vaqtinchalik to'xtatilgan va fuqarolarga, zarurat bo‘lmasa uylaridan tashqariga chiqmaslik tavsiya etilgan.