Noqulay ob-havo, xususan, Toronto va uning chekka hududlarida kuzatildi. Milliy ob-havo byurosi ma'lumotlariga ko'ra, shamol tezligi joylarda 120 km/s (33 m/s) dan oshdi. Oqibatda hududda minglab daraxtlar qulab, elektr uzatish tarmoqlari shikastlangan.
Mahalliy elektr tarmoqlari kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, favqulodda vaziyatlar guruhlari allaqachon ofat oqibatlarini bartaraf etmoqda. Qayta tiklash ishlarini yakunlash muddati haqida xabar berilmagan, deya xabar beradi tass.ru.