Kanadada gʻayrioddiy kuchli oʻrmon yongʻinlari davom etmoqda

    Yashil sayyora 9 Iyun 2023 2137

    Kanadadagi oʻrmon yongʻinlarining soni va koʻlami barcha rekordlarni yangilashi mumkin.

    Bosh vazir Jastin Tryudo aytishicha, hozir Kanadada 414 ta oʻrmon yongʻinlari kuzatilmoqda, ulardan 239 tasi nazoratdan tashqarida. 20 mingdan ortiq odam uylaridan evakuatsiya qilingan, deya xabar yozmoqda BBC.

    Faqat Kvebekda mahalliy oʻt oʻchiruvchilar bir vaqtning oʻzida 40 dan ortiq boʻlmagan yongʻinlarni oʻchirish imkoniyatiga ega boʻlishiga qaramay, 150 dan ortiq faol yongʻinlar mavjud.

    Ushbu yongʻinlar tufayli Amerika shaharlarida - Nyu-York, Vashington va boshqalarda ham tutun kuzatilmoqda. AQSH shimoliy qoʻshnisiga favqulodda yordam yubormoqda.

    Kvebekdan tashqari Britaniya Kolumbiyasi, Alberta, Ontario, Yangi Shotlandiya va Shimoli-Gʻarbiy hududlarda 3,3 million gektar oʻrmonlar yonmoqda.