Mana, bir necha kundirki, kema hamon joyidan qimirlamay turibdi. Wall Street Journalʻning xabar berishicha, muammo bugun ijobiy hal etilishi mumkin. Kemani qutqarish ishlari jadal olib borilyapti.
Suvaysh kanali dunyodagi eng muhim dengiz yoʻllaridan biri hisoblanadi. Kanaldan jahon savdosining 12 foiz yuki tashiladi. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, kanaldagi tirbandlik jahon iqtisodiyotiga 10 milliard dollar zarar keltiradi.