U Uchtepa tumanida yuz bergan yongʻinni bartaraf etish ishlarida ishtirok etayotgan vaqtda qahramonlarcha halok boʻlgan.
Marhum qutqaruvchini oila aʼzolari, yaqinlari, FVV rahbariyati va yuzlab hamkasblari soʻnggi yoʻlga kuzatib qoʻydi. Boburmirzo Pardayev oʻzining tugʻilib oʻsgan Samarqand viloyatida dafn etildi.
El-yurt osoyishtaligi va insonlar hayotini asrash yoʻlida oʻz jonini fido qilgan jasur ofitserning matonati, mardligi va Vatanga sadoqati hamisha xotiralarda saqlanib qoladi.