Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to'lash, shuningdek aliment to'lash majburiyatini ta'minlash bo'yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to'g'risida” nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan to'lash bola voyaga etgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam  bo'lmagan muddatga amalga oshirish ko'rsatib o'tilgan. 

Byuroning CHust tuman bo'limi ish yurituvida bo'lgan, fuqarolik ishlari bo'yicha CHust tumanlararo sudining qaroriga asosan Samixon Aripovdan undiruvchi Tursunxon Azizova foydasiga 2 nafar farzandi uchun aliment to'lash belgilangan. 

Fuqaro S.Aripov  muntazam ravishda oyma-oy aliment pulini to'lab bormoqda. Biroq, cheklov qo'yilgani sababli xorijga chiqolmay yurgan edi. Aynan ushbu masala yuzasidan murojaat yo'llab, tushuntirish olgani o'z samarasini berdi. Undiruvchi A.Tursunova bilan kelishuv tuzib, besh yillik aliment summani to'lashini so'rab ijro etish usuli va tartibini o'zgartirish haqida ajrim chiqarib berishni so'raydi. Mazkur murojaat atroflicha ko'rib chiqilib, fuqaro S.Aripov  2025  yilning fevral` oyiga qadar jami 48.848.125 so'm miqdoridagi aliment pulini to'lab berdi. 

Fuqarolik ishlari bo'yicha CHust tumanlararo sudining ajrimiga asosan unga nisbatan ijro etish usuli va taribi o'zgartirilib, cheklov olib tashlandi.

Mirsohib Raimov,

MIB CHust tuman bo'limi boshlig'i o'rinbosari