O'zbekiston notarial palatasi rahbariyati, Adliya vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan mazkur sohadagi so'nggi o'zgarishlar, mamlakatda COVID-19 tarqalishi bilan bog'liq xatarlar va fuqarolarning huquqiy xizmatlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish bo'yicha amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar to'g'risida ma'lumotlar berildi hamda jamoatchilik va OAV vakillari savollariga atroflicha javob berildi.
Ushbu videokonferentsaloqa shaklida o'tkazilgan tadbirda koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish jarayonida ham Respublikamizda xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarning ish boshlashiga, aholining notariuslarga bo'lgan ehtiyoji mavjud bo'lganligi haqida alohida ta'kidlandi. Xususan, kechiktirib bo'lmaydigan, zarur notarial harakatlarni (vasiyatnoma, ishonchnoma va boshqalarni) rasmiylashtirish uchun, albatta, notarial harakatlar zarurligi va fuqarolarninng notarial idoraga bevosita tashrifisiz notarial harakatni amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligi aytib o'tildi.
SHuningdek, fuqarolarning talablari va notariuslarga bo'lgan ehtiyojinii inobatga olgan holda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 20 apreldagi 21-son bayoni qabul qilinganligi to'g'risida ma'lumot berildi. Mazkur maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq notariuslar karantin talablariga rioya qilgan holda ishlashiga va ishlayotgan notariuslar sonini ko'paytirilishiga ruxsat berilganiligi hamda xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar ham o'z faoliyatini boshlaganligi haqida ham to'xtalib o'tildi.
Ma'lumot uchun:2020 yil 22 may holatiga 749 nafar (92%) davlat notariusi xususiy notarius bo'lib ishlash istagini bildirib, litsenziya bilan ta'minlanildi. SHundan 659 nafar xususiy notariuslar o'z faoliyatini to'liq boshlashdi. Respublika bo'yicha kamida 2 000 ta o'zini-o'zi ta'minlovchi ish o'rni yaratildi. Bir yil uchun notarial idoralarni saqlash xarajatlaridan 255 mlrd so'm davlat mablag'lari iqtisod qilinmoqda.
Mazkur tadbirda xususiy notariuslar faoliyatining yo'lga qo'yilishi natijasida qanday imkoniyatlar paydo bo'lganligi xususida ham fikr bildirildi. Xususan, quyidagilar sanab o'tildi:
- notariuslar o'zini-o'zi moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan mustaqil ta'minlaydi;
- respublikada faoliyat yurituvchi notariuslar soni chegaralanmaydi;
- jamiyatda notariuslarning faolligi oshdi;
- endilikda notarial idoralarda navbat kutish muammosi bartaraf etildi;
- ortiqcha byurokratiya va korruptsiya holatlariga barham berildi;
- notariat sohasida erkin raqobat muhiti shakllandi va notariuslar aholiga yanada sifatli xizmat ko'rsatishni boshladi;
- notariuslar sonining ko'payishi sabab, aholida notariusni tanlash.
Tadbirda ta'kidlandiki, YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki e-notarius.uz sayti orqali uydan chiqmasdan turib, notarius qabuliga elektron navbatga yozilish imkoniyati mavjud. SHuningdek, e-notarius.uz sayti orqali barcha notarial harakatlar haqida to'liq ma'lumot olish va notarius kal`kulyatori xizmatidan foydalanib, davlat boji va boshqa to'lovlarni mustaqil hisoblash imkoniyati yaratilgan.
Hozirda masofadan turib ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish hamda videokonferentsaloqadan foydalangan holda notarial harakatlarni amalga oshirishni yo'lga qo'yish ishlari ham olib borilayotgaligi haqida ham so'z bordi.
Bundan tashqari ushbu tadbir davomida mas'ul xodimlar tomonidan jamoatchilik va OAV vakillari savollariga javob berildi. Masalan, karantin davrida ko'plab tashkilotlar ish faoliyatini to'xtatgan yoki masofaviy rejimga o'ztgan bir vaqtda, Respublikamizda notariuslar qay tartibda faoliyat olib borishganligi, fuqarolarga qanday xixzmat ko'rsatilganligi, bugungi kunda qancha xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar o'z faoliyatini boshlaganligi, xususiy notariaslarning ish boshlashi aholiga qanday samara berayotganligi, xususiy notariuslarning xizmat narxlarining asossiz oshirilishiga yo'l qo'ymaslik borasida Adliya vazirligi qanday nazorat tizimini joriy qilganligi va shunga o'xshash boshqa qiziqarli savollarga huquqiy jihatdan asoslantirilgan javoblar berildi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi