“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, yuridik shaxslarga Oʻzbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyatni litsenziya asosida amalga oshirish huquqi beriladi.

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga Oʻzbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi va Oʻzbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik uchun jarimalar miqdorlari belgilanmoqda.

“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida mineral oʻgʻitlarning va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni hamda Oʻzbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyatni litsenziyalaganlik uchun davlat boji miqdorlari belgilanmoqda.

Bunda davlat boji, mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun BHMning 2 baravari, Oʻzbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyatni litsenziyalaganlik uchun BHMning 3 baravari etib belgilandi.