Kardiojarrohlik muolajalari soni qariyb 8,3 baravarga oshdi

    Salomatlik 31 Oktabr 2022 1760

    Tahlillarga koʻra, jahonda yuz berayotgan oʻlim holatlarining qariyb 60 foizi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida kelib chiqyapti. Qolaversa, bu turdagi xastaliklar hanuz nogironlikka yetaklovchi eng asosiy sabablardan biri.

    Shu bois yurtimizda mazkur yoʻnalishda eng ilgʻor innovatsion texnologiyalar, tashxislash va muolaja usullarini joriy etishga katta eʼtibor qaratilyapti.

    Xususan, keyingi ikki yilda mazkur sohada:

    - koronarografiya amaliyoti — 3,8 barobar,

    - stentlash operatsiyalari — 4,3 barobar,

    - kardiojarrohlik muolajalari soni — 613 dan 5 106 taga oshirildi.

    Amalga oshirilayotgan profilaktik va davolash choralari tufayli:

    - yurak-qon tomir kasalliklaridan oʻlim koʻrsatkichi oʻtgan yilgi 61,7 foizdan 56,2 foizgacha kamaydi.

    Kardioxirurgiya sohasida hududlarda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari turi bosqichma-bosqich 15 tadan 35 tagacha oshirildi.

    Misol uchun, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida 40 turdan ortiq yuqori texnologik kardiojarrohlik amaliyotlari yoʻlga qoʻyildi.

    Natijada ushbu hududlardan markazga bemorlarning murojaatlari 40 foizga kamaydi.

    Ikki hududda ilk bor:

    - transkateter orqali aorta qopqogʻini oʻrnatish,

    - onkologik kasalliklarda arteriyaning kimyoviy embolizatsiyasi,

    - aorta anevrizmasiga stent-graft oʻrnatish amaliyotlari bajarildi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.