Karim Benzema 417 o'yinda 222 gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Bu orqali u ispaniyalik futbolchi Sesar Rodriges (353 ta o'yinda 221 gol)dan o'zib ketdi va 7 o'ringa ko'tarilib oldi. Oltinchi o'rinda esa Alfredo Di Stefano (329 o'yinda 227 gol) bormoqda.
La Liganing mutlaq rekordi “Barselona”ning sobiq hujumchisi Lionel Messiga tegishli. Uning hisobida 520 o'yinda 474 ta gol bor.
Eslatib o'tamiz, Benzema joriy mavsumning o'tgan to'rtta o'yini bo'yicha to'rtta kiritilgan gol va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi, deyiladi championat.com saytida.