Qurilish jarayonida esa bu joydagi mevali va manzarali daraxtlarni kesib tashlashga majbur bo'ldi. Bundan xabar topgan Karmana tumani ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo'limi boshlig'i X.T hodisaga qonuniy baho berish o'rniga kesilgan daraxtlar uchun bayonnoma rasmiylashtirmaslik hamda jazo ko'rmaslik evaziga tanishi X.K orqali 10 mln so'm talab qildi.
F.Nning arizasiga binoan shu kuni Navoiy viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati JQB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'limi va boshqa huquqni muhofaza qilish organ xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkordan 10 mln so'm olayotgan mansabdor protsessual tartibda qo'lga olindi.
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.