Forum Kasbi tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Kasbi tumani boʻlimi hamda Yoshlar ittifoqi tuman kengashi hamkorligida tashkil etildi.

Tumandagi 61 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari turli hunarmandchilik, kulolchilik va duradgorlik buyumlari, mustaqil ishlanmalari, shuningdek, sport, musiqa, sanʼat va rassomchilikka doir qiziqarli chiqishlari bilan yigʻilganlar eʼtiborida boʻlishdi.

Kasbi tumani hokimi Toʻxtamurod Meyliyev hamda Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Temur Poyonovlar yoshlarning ijodiy va mustaqil ishlari, yaratgan turli ishlanmalarini kuzdan kechirishdi. Yoshlarning muammolarini tinglashdi.

Ayni paytda Kasbi tumanida 2570 nafar 11-sinf bitiruvchilari mustaqil hayotga qadam qoʻyish arafasida. Mubolagʻasiz, ushbu oʻtkazilgan forum ularning kasb egallashi va hunar oʻrganishida muhim vosita boʻladi.