Xorazm Maʼmun akademiyasining Kat-qalʼa arxeologik ekspeditsiyasi yodgorlikda tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda.

Ayni paytda yodgorlikning gʻarbiy qismida amalga oshirilayotgan izlanishlar natijasida ilk antik (mil.av. IV-III asrlar) va soʻnggi antik davrga oid (mil. II-IV asrlar) meʼmoriy inshootlar qoldiqlari aniqlanib oʻrganilmoqda.

Oʻz navbatida tadqiqotlar davomida juda koʻplab ilk va soʻnggi antik davrga oid sopol buyumlar, marmardan ishlangan idishchalar qoldiqlari va shahar hayotining keyingi bosqichlariga doir sopollar boʻlaklari hamda mis uzuk ham aniqlandi, shu jumladan, quyi qatlamlardan arxaik davrga xos idishlar boʻlaklari ham topilgan boʻlib, shaharning barpo etilishi bilan bogʻliq yangi maʼlumotlarni taqdim etadi.

Izlanishlar hali davom etmoqda, deya xabar beradi Madaniy merpos Agentligi Axborot xizmati.