Maʼlum qilinishicha, 11-oktyabr kuni soat 13:26 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga «112» tizimi orqali xabar kelib tushgan. Unda sayr qilish maqsadida togʻga borgan 7 nafar fuqaro yoʻldan adashib qolgani va togʻdan tusha olmayotgani bildirilgan.

Xabar asosida qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Natijada adashib qolgan fuqarolar topilib, sogʻ-salomat xavfsiz hududga olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.