Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Uchqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Uchqo‘rg‘on tumani hududidagi Guliston, Paxtachi, Tegirmon va Birlik MFYlari orqali oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona magistral kanalida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida kanalda timsoh mavjudligi aniqlanmadi.
Fuqarolardan asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslik, faqat rasmiy manbalarga tayanish so‘raladi.