Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy Telegram-kanalida maʼlum qilindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan Kattaqoʻrgʻon tumanida IIB bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.M. otasi rahbarligidagi “Oʻ.M.” fermer xoʻjaligiga qarashli yer maydonini fuqaro M.ga har bir gektarini 15 000 AQSH dollaridan hisoblab sotishga kelishib, 5 gektar yer maydoni uchun oldindan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.