Bu Xerson Ukraina nazoratiga qaytganidan keyin aholi eng ko'p qo'rqqan halokatli ssenariylardan biridir. Kaxovka GESdagi to'g'on vayron bo'lgach, millionlab tonna suv oqib chiqib, Xerson viloyati hududini suv bosdi. O'n minglab odamlar evakuatsiya qilinmoqda.

To'g'on bir kechada vayron bo'ldi, bu esa boshqa davlatlarda ham xavotir uyg'otdi.

Ukraina va Rossiya to'g'on buzilishida bir-birini ayblamoqda. Har ikki davlat BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig'ilishini o'tkazishga chaqirdi, deb xabar beradi ru.euronews.com.