1-iyulda efirga uzatilgan teledastur Koreyadagi teletomoshabinlarning 4,8 foizini qamrab olgan. Bu yil boshidan buyon KBS milliy telekanalida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar qamrovi bo’yicha ikkinchi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur hujjatli film mamlakatimiz turizm salohiyatini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib etish va bu orqali yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida Koreyaning «Korean Broadcasting System» (KBS) milliy telekanali ijodkorlari tomonidan joriy yilning iyun oyida tasvirga olingan edi, deb xabar beradi Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.
Tasvirga olish guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlarida bo‘lib, filmda o‘zbek xalqining madaniyati va an’analari, zamonaviy turistik infratuzilmasi, milliy taomlari hamda me’moriy yodgorliklari haqida hikoya qiladi.
Ma’lumot uchun, «Dunyo bo‘ylab piyoda sayohat qilish» teleloyihasi KBS ning eng yaxshi sayohat dasturi bo‘lib, Koreyaning potensial sayyohlari orasida eng mashhur dasturlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston haqida ushbu teledastur orqali bundan oldin 3 ta katta material keng yoritib o‘tilgan.