Koʻrgazma davomida atoqli olimning hayot va faoliyatiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

XX asr boshida mashhur boʻlgan “Chodir xayol” va “Chodir jamol” (olimning ilmiy tadqiqotlar doirasining kichik bir qismi)teatrlari haqida foto lavhalar etnograf P.A.Komarovning Rossiya etnografiya muzeyida saqlanayotgan unikal qoʻgʻirchoqlar kolleksiyasidan “Chodir jamol”, “Chodir xayol” teatrining eng yorqin qahramonlari nusʼhalari, iqtidorli teatr rassomi Tatyana Fadeyevaning instillyatsiya asari oʻrin olgan. Koʻrgazma doirasida Muhsin Qodirovning 1972-yili nashr etilgan “Xalq qoʻgʻirchoq teatri” monografiyasi toʻldirilib, qayta nashr qilindi va tarqatildi.

Koʻrgazma namoyishi davom etmoqda.

Hasan Abdunazarov