Kecha Qamchiq dovonidagi yuz bergan koʻchkida qancha qor koʻchgani maʼlum qilindi

    Ijtimoiy hayot 16 Fevral 2023 1620

    FVV ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonidagi qor koʻchkisi haqida qarqalgan maʼlumotlar yuzasidan tushuntirish berdi.

    Ushbu holatga oydinlik kiritilishicha, voqea “Toshkent – Oʻsh” xalqaro avtomobil yoʻlining 238-m kilometri, yaʼni Qamchiq dovoniga toʻgʻri keladigan qismida sodir boʻlgan.

    Kuni kecha soat 22:40 da yoʻnalishning yuqorida aytilgan qismida hajmi 1300 m³ boʻlgan qor koʻchkisi sodir boʻldi. Qor massasining bir qismi yoʻlga tushgan.

    Ushbu hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari yoʻlni qor massasidan tezda tozalashgan.