IQAir monitoring platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, 10 mart kuni soat 08:00 holatiga poytaxtda havo sifati indeksi (AQI) 43 ni tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich xalqaro tasnif bo‘yicha «yaxshi» (Good) darajaga to‘g‘ri keladi.
Qayd etilishicha, havodagi PM2.5 mayda zarrachalari miqdori 7,9 mikrogramm/m³ darajasida aniqlangan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich aholining aksariyati uchun salomatlikka jiddiy xavf tug‘dirmaydi.
Monitoring xaritasiga ko‘ra, poytaxtning turli hududlarida havo sifati ko‘rsatkichlari asosan yaxshi va qoniqarli diapazonda qayd etilmoqda. Ayrim nuqtalarda AQI darajasi 50 atrofida bo‘lsa-da, u ham sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘dirmaydigan toifaga kiradi.