Marosimda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev, “Minerva World of Knowledge” loyiha rahbari Murali Lal Jalan, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Oʻktam Salomov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.
Tadbirda xorijiy investorlar loyiha taqdimotini ham oʻtkazdilar. Maʼlum qilinishicha, bu yerda 10 000 dan ziyod talabaga moʻljallangan, xorijning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ishlovchi universitet quriladi.
Asosiy bino 2021-yilning sentyabrida qurib bitkaziladi va keyin 5 yil davomida boshqa kampuslari, sport majmuasi, kutubxonasi va talabalar turar joylari bunyod etiladi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.