2020 yilning yanvar` oyidan Toshkent shahar jamoat transporti avtobus va metropoliten yo'nalishlarida avtomatlashtirilgan to'lov tizimini joriy etish ishlari boshlandi. Ushbu tizim faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadida Toshkent metropolitenining barcha liniyalaridagi stantsiyalarga maxsus turniketlar o'rnatildi. Toshkent shahrida yo'nalishlarga chiqarilayotgan avtobuslarning barchasi mobil` va statsionar validatorlar bilan to'liq jihozlandi.

Avtomatlashtirilgan to'lov tizimi samaradorligini oshirish va uni kengaytirish maqsadida 2020 yilning 1 noyabridan boshlab Toshkent metropolitenida jetonlar sotuvi to'xtatildi. Bugungi kunda metropoliten xizmatidan foydalanayotgan yo'lovchilar yo'l haqi to'lovlarini yagona transport kartalari va bir martalik QR chiptalar orqali amalga oshirishi mumkin.

YAgona transport kartalari 2020 yilning yanvar` oyidan sotuvga chiqarilgan edi. Ushbu vaqtda to'lov kartalarining narxi 11 000 so'mni tashkil etgan bo'lib, har bir kartaga oldindan bir martalik to'lov miqdori, ya'ni 1400 so'm yuklangan edi.

Avtomatlashtirilgan transport to'lov tizimi operatori (ATTO) tomonidan yo'lovchilar orasida yagona transport kartalarini ommalashtirish maqsadida 1 iyuldan e'tiboran maxsus aktsiya tashkil etildi. Ushbu aktsiya doirasida yagona transport kartalari yo'lovchilarga bepul taqdim etildi. YA'ni, yo'lovchilar tomonidan karta sotib olish uchun sarflangan 5000 so'm pul mablag'i karta balansiga o'tkazib berildi.

Mazkur aktsiya doirasida 120 mingdan ortiq transport kartalari sotildi. Joriy yilning 1 dekabr` sanasidan ushbu aktsiya o'z nihoyasi etdi. Aktsiya tugagandan so'ng “ATTO” kartalarini sotish narxi  15 000 so'mni tashkil etmoqda. Bunda karta narxi (10 000 so'm) va karta balansiga o'tkazib beriladigan pul mablag'i esa (5 000 so'm) ni tashkil etadi.

Transport vazirligining @mintrans_attobot boti orqali yo'lovchilardan kelib tushgan har bir murojaat maxsus ishchi guruhi tomonidan o'rganib chiqilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etiladi.

Yo'lovchilar qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida smartfonlardagi NFC texnologiyasi orqali yo'lkira to'lovlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratish, shuningdek, China Union Pay, Mastercard va Visa xalqaro bank kartalaridan ham to'lovlarni qabul qilishni boshlash bo'yicha tashkiliy masalalar yakuniga etmoqda.

Avtomatlashtirilgan to'lov tizimi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, 2021 yilda respublikaning barcha shaharlarida shahar ichi, 2022 yilda shahar atrofi yo'nalishlarida yo'lkira haqini to'lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etish rejalashtirilgan.

2021 yil yanvar` oyidan boshlab yo'lkira haqini to'lash uchun maxsus differentsiallashgan tarif tizimi joriy etiladi, Bunda yo'lovchilar tomonidan 5, 10, 15, 20 va 30 kunlik yo'lkira to'lovlari oldindan xarid qilinganda 30 foizgacha chegirmalar taqdim qilinadi hamda umumiy foydalanuvchilar uchun ko'k, pensionerlar uchun qizil, o'quvchilar uchun sariq, talabalar uchun yashil rangdagi transport kartalarini sotuvga chiqarish rejalashtirilmoqda.

Hisob – kitoblarga ko'ra avtomatlashtirilgan to'lov tizimini to'liq joriy etilishi natijasida “Toshshahartransxizmat” AJ yiliga o'rtacha 10 – 15  foiz yoki 39,8 milliard so'mgacha qo'shimcha daromad olishi mumkin.