Unga koʻra, 2023-yildan boshlab har yili davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida aholi punktlarini markazlashgan ichimlik suv va oqova suv chiqarish xizmati bilan taʼminlash uchun 50 mlrd soʻm miqdorida mablagʻlar ajratib borilishi koʻzda tutilgan.
Shuningdek, qaror bilan davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida aholi punktlarini markazlashgan ichimlik suvi va oqova suv chiqarish xizmati bilan taʼminlash loyihalarini nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanadi.
Markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti yetib bormagan aholi punktlarini ichimlik suvi bilan taʼminlashning manzilli roʻyxatini shakllantirish Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda loyiha boshqaruvchisi hisoblangan NNT zimmasiga yuklatiladi.