Kelasi yili Qashqadaryo viloyati eksport hajmi 400 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan

    Hukumat 25 Oktabr 2022 1118

    Qashqadaryo hokimi sanoat yoʻnalishida ishlab chiqarish 15 trillion soʻmni, aholi jon boshiga 4,4 million soʻmni tashkil qilgani, sohada band aholi qariyb 44,8 ming nafar ekanini maʼlum qildi.

    2023-yilda drayver sohalarda yirik loyihalarni amalga oshirish hisobiga bu koʻrsatkichlarni tegishlicha 24 trillion soʻm, 6,3 million soʻm va 45,2 ming nafarga yetkazish maqsad qilingan.

    2022-yilda umumiy qiymati 1,9 milliard dollarlik 844 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Natijada 12,4 mingta ish oʻrni yaratiladi.

    2023-yilda 3,4 milliard dollarlik 769 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, buning natijasida 13 186 ta ish oʻrni yaratish, ishlab chiqarish hajmini 2,9 trillion soʻmga, byudjetga tushumlarni 712 milliard soʻmga, eksportni 165 million dollarga oshirish, 110 million dollarlik importni oʻrnini bosish kutilmoqda.

    Viloyatning eksport hajmi 2022-yilda 26 foizga oʻsib, 280 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda. 2023-yilda bu koʻrsatkichni 400 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.