Mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, birinchi navbatda yoshi ulug' insonlar, kasalmand kishilar, yosh bolalar va homilador ayollar olib kelinmoqda.
O'zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Nur-Sulton shahridagi elchixona va Oqtau shahridagi Bosh konsulxona bilan hamkorlikda Samara viloyatida bo'lib turgan 367 nafar yurtdoshimiz Qozog'iston hududi orqali O'zbekistonga qaytarildi.
SHuningdek, 8-21 iyun` kunlari «Uzbekistan Airways» AJning xorijdan yurtimizga 20 ta, jumladan 8 ta Moskvadan va bittadan Ekaterinburg, Qozon va Novosibirsk shaharlaridan charter reysi parvozi rejalashtirilgan.
Rasmiy ma'lumotlar holatiga ko'ra, 8 iyun` kuni Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 467 ming 673 tani tashkil etmoqda, sog'ayganlar 226 ming 731 kishi, vafot etganlar esa 5 ming 859 nafar. So'nggi kecha-kunduzda mamlakatda 8 ming 984 kishi COVID-19ni yuqtirgan.