Kelgusi yili “shok” usulida muzlatish, ozuqa qoʻshimchasi tayyorlash boʻyicha 50 ta loyiha ishga tushiriladi

    Pishiqchilik davrida narx tushib ketishi oqibatida Surxondaryoda karam, lavlagi, Jizzaxda piyoz hosili, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryoda tarvuz hosili oxirigacha yigʻib olinmagani koʻrsatib oʻtildi.

    Ehtiyojdan ortgan hosilni quritib, ozuqaviy qoʻshimcha shaklida eksport qilish mumkinligi, bunga oziq-ovqat sanoati korxonalarida talab kattaligi taʼkidlandi.

    Kelgusi yilda “shok” usulida muzlatish, ozuqa qoʻshimchasi tayyorlash boʻyicha 100 million dollarlik 50 ta loyihani ishga tushirish muhimligi qayd etildi.
    Sanoatlashgan bogʻ-tokzorlarda 20 sotixgacha maydonda kichik muzlatkich, saralash va qadoqlash sexlarini qurishga ruxsat berilgan.

    Mutasaddilarga intensiv bogʻlarda bunday sexlar uchun joylarni belgilash, kelgusi yilda 500 ming tonnali quvvatlarni yaratish boʻyicha hisob-kitob qilib, tumanlar boʻyicha ishni boshlash topshirildi.