Kembrijning biologiya va fizika fanlaridan o‘quv-metodik adabiyotlari mahalliylashtirilmoqda!

    Cambridge Assessment International Education tashkilotining o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari va malakalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abigail Barnett va Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi Steve King Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘ldi.

    Agentlik vakillari bilan bo‘lgan uchrashuv davomida mazkur dasturlarni mahalliylashtirish yuzasidan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, takliflar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

    Ma’lumot uchun, Prezident ta’lim muassasalari agentligi va Cambridge Assessment International Education tashkiloti o‘rtasida fizika va biologiya fanlarining IGCSE va A-level darsliklarini o‘zbek tiliga tarjima qilish yuzasidan shartnoma imzolangan.

    Ayni damda bu borada ishchi guruh faoliyat olib bormoqda.

    Shuningdek, mehmonlar uchun Prezident maktabi binosi bo‘ylab ekskursiya va o‘quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi hamda maktab faoliyati, dars jarayonlari, o‘quvchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumot berildi.