Hamyurtimizga ushbu bosqichda tojikistonlik Shahboz Saidaburorov raqiblik qildi. O‘z ustunligini namoyish qilgan Kemran bellashuvni g‘alaba bilan yakunladi va musobaqada jamoamizning ilk medaliga mualliflik qildi.
Bu dzyudochimiz uchun “Katta dubulg‘a” musobaqalaridagi ilk medal bo‘ldi. Shu bilan birga u Tokio Olimpiadasi reytingi uchun o‘z hisobiga 500 ochko ham qo‘shib qo‘ymoqda. Yana birozdan so‘ng -66 kg vazn toifasida Kemranning akasi Sardor Nurillayev ham bronza medali uchun tatamiga chiqadi.