Xabarlarga ko‘ra, qurbonlardan biri do‘konchi bo‘lgan. U tartibsizliklar tufayli do‘konini yopib, uyiga qaytishga urinayotgan paytda otib o‘ldirilgan.

Keniyaning markaziy Nanyuki shahrida yuzlab odamlar Laykipiya aviabazasida AQSh fuqarolari uchun Ebola karantin markazini tashkil etish rejalariga qarshi namoyish o‘tkazdilar.

Norozilik namoyishlari Keniya Oliy sudi muassasa faoliyatini va xorijiy bemorlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatganidan ikki kun o‘tgach boshlandi. Da’vo Keniya huquqshunoslar kssotsiatsiyasi va konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan qo‘zg‘atilgan.

Tashkilotlar Keniya sog‘liqni saqlash tizimining zaifligini aytib, mamlakatda Ebola bilan kasallangan xorijiy fuqarolarning karantiniga qarshi chiqishdi, deb xabar berdi Kazinform.

Keniya rasmiylari payshanba kuni Qo‘shma Shtatlar chet elda Ebola bilan kasallangan fuqarolarini vataniga qaytarish o‘rniga Keniyaga jo‘natishni rejalashtirayotganini e’lon qilishdi. Oq uy rejasiga ko‘ra, karantin markazi Laykipiya aviabazasida joylashgan bo‘lib, juma kuni 50 o‘rinli bo‘lim sifatida ishlay boshlashi kerak edi.