Keniyada suv toshqini oqibatida kamida 20 kishi hayotdan ko'z yumdi

    “Kamuchiri qishlog'ida kuchli suv toshqini bir necha uyni vayron qilganidan keyin 20 kishi hayotdan ko'z yumdi, deyiladi Keniya axborot telekanali xabarida.

    Toshqin yaqin atrofdagi daryoning uzoq davom etgan yomg'irdan keyin qirg'oqlaridan toshib ketishi oqibatida yuzaga kelgan.

    Bundan oldin Keniya poytaxti Nayrobida kuchli yomg'ir tufayli ko'chalarini suv bosgani va kamida o'n kishi halok bo'lgani xabar qilingan edi.

    Eslatib o'tamiz, avvalroq Tanzaniyada kuchli yomg'ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko'chkilar oqibatida 155 kishi halok bo'lgan edi. Tabiiy ofatdan 51 ming xonadon va 200 ming kishi jabr ko'rdi. 10 mingdan ortiq uy zarar ko'rgan, deb xabar beradi mir24.tv.