Keniyada to'g'on buzilishi oqibatida 42 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Keniya markazida to'g'onning buzilishi oqibatida 40 dan ortiq odam halok bo'ldi. Bu haqda Nakuru okrugi gubernatori Syuzan Kixika ma'lum qildi.

    “Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 42 kishi hayotdan ko'z yumdi”, deya gubernator so'zlaridan iqtibos keltiradi Agence France-Presse. Yo'qolganlar bor, ularni qidirish ishlari olib borilmoqda”. Rasmiylarga ko'ra, to'g'onning buzilishiga ikki oydan beri davom etayotgan yog'ingarchilik sabab bo'lgan.

    Keniyada suv toshqinlari va ko'chki qurbonlari soni 118 nafarga yetdi. Ko'plab yo'llar suv ostida qolib ketdi, 130 mingdan ortiq odam uyini tashlab ketishga majbur bo'ldi. Ularning aksariyati hukumatdan yordam so'rab poytaxt Nayrobiga kelgan, deb xabar beradi tass.ru.