“Nayrobi milliy bog'i yaqinida joylashgan (mehmonxona yaqinida) Savannah Ranchda sher 14 yoshli qizni g'ajib tashladi”, deb yozadi gazeta departamentga tayanib.

Qayd etilishicha, hujumga guvoh bo'lgan yana bir o'smir bu haqda Keniya yovvoyi tabiatni muhofaza qilish xizmati xodimlariga xabar bergan. Vafot etgan qizning jasadi keyinroq yaqin atrofdagi Mbagati daryosidan topilgan va hududda sherni qidirish davom etmoqda, deb xabar beradi ria.ru.