Bu haqda “Delfa” delfinlarni qutqarish ilmiy-ekologik markazi xabar berdi.
“Favqulodda vaziyatdan beri biz 61 o'lik kitsimonlarni qayd etdik”, deyiladi tarqatilgan xabarda. Ular orasida 15-dekabrdan keyin nobud bo'lgan 32 bosh bor. Ularning nobud bo'lishi, ehtimol, mazutning to'kilishi bilan bog'liq. Qolganlari favqulodda vaziyatdan oldin nobud bo'lgan, chunki jasadlar “juda eski” edi. Deyarli har kuni mutaxassislar yangi o'lik delfinlar haqida ma'lumot olishmoqda, hisobini yuritishyapti va ma'lumotlarni muntazam ravishda davlat organlariga uzatishmoqda.
Markaz ta'kidlaganidek, o'lik hayvonlarning bunday soni odatiy emas, yilning shu davri uchun juda ko'p. Jasadlarning holati, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, topilgan kitsimonlarning asosiy qismi tankerlar bilan favqulodda vaziyatdan keyingi dastlabki 10 kun ichida nobud bo'lganligidan dalolat berishi mumkin, deb xabar beradi tass.ru.
“Hozircha tirik delfinlarning chiqib qolishi holati yuz bermadi, ammo biz yaqin oylarda zararlangan kitsimonlar soni odatdagidan ko'proq bo'lishini kutishimiz mumkin. Endi bizning asosiy vazifamiz shu lahzagaga imkon qadar ko'proq tayyorgarlik ko'rish va jabrlanganlarga uzoq muddatli yordam ko'rsatish uchun statsionar tashkil etishdir”, deya qo'shimcha qildi markaz.