Bunday eliksirni tayyorlash uchun 100 ml yangi siqib olingan limon sharbati, 200 gramm toza asal va 50 gramm zaytun yog'ini aralashtirib, och qoringa bir choy qoshiqdan iste'mol qilasiz.
YUqorida ko'rsatilgan proportsiyada (1:2:0,5) har kunlik yangi ertalabki portsiyani quyidagi miqdorda tayyorlash mumkin: 1 choy qoshiq yangi limon sharbati, 2 choy qoshiq toza asal va 0,5 choy qoshiq zaytun yog'i.
Agar ushbu aralashmadan doimiy ravishda iste'mol qilib borsangiz, yosharib borasiz – immunitetingiz kuchayadi, salomatligingiz yaxshilanadi, yuzingiz rangi tiniqlashadi, ko'zlaringiz yaltiraydi, teringiz esa silliqlashib boradi.
Bundan tashqari, jismingizdagi sizni bezovta qilayotgan tiqinlardan qutulasiz va skleroz(parishonxotirlik) nima ekanligini unutasiz.
Sharq_tabobati