Xammamizga ma'lum, joriy yilning 1 yanvardan boshlab xarid chekini "Soliq" mobil ilovasidan ro'yxatdan o'tkazib, xarid uchun sarflagan mablag'imizning 1 foizini  yana hamyonimizga qaytarib olmoqdamiz.

Soliq qo'mitasi fuqarolarga keshbek summalari qachon tasdiqlanishini yana bir bor eslatmoqda.

Fiskal belgili xarid cheki Soliq mobil ilovasi  orqali skaner qilinganda "Chek muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tkazildi. Keshbek summasi keyingi oyning 25-sanasidan so'ng to'lab beriladi" xabar paydo bo'ladi.

Shu bois, sentyabr oyida ro'yxatdan o'tkazilgan cheklar uchun hisoblangan keshbek oktyabr oyning 25-sanasidan keyin tasdiqlanadi.